Surxondaryo viloyatining Qumqo`rg`on tumanida shu yilning 4 dekabr kuni “Yangi shahar” MFY hududida joylashgan “Turon” mehmonxonasida elektr chirog`i o`chib qayta yonishi oqibatida mehmonxonaning erto`lasida turgan gaz ballonidan sizib chiqib, to`planib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan.
Natijada mehmonxonaning birinchi qavatidagi eshik va derazalarning oynasi sinib zarar ko`rgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, jarohat olganlar yo`q.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






