Joriy yilning 4 dekabr kuni Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida yashovchi M.M. (ismli ayol) uyida qo`lbola usulda yasalgan isitish pechiga o`tin yoqib, 3 oylik qizini belanchakka yotqizib, pech oldida nazoratsiz qoldirishi oqibatida yong`in sodir bo`lgan.
Ko`rilgan choralar natijasida yong`in uy egalari tomonidan o`chirilgan. Yong`in oqibatida 3 oylik qizaloq kuyish jarohatlari olib, kasalxonaga yotqizilgan, deb xabar berdi O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






