AsosiyDunyo

Turkiyada yog`ingarchilik sababli suv toshqinlari kuzatilmoqda

'Turkiyada yog`ingarchilik sababli suv toshqinlari kuzatilmoqda 'ning rasmi

Turkiyaning Bodrum shahrida yog`ingarchilik sabab suv toshqinlari kuzatilmoqda, deya xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Shahardagi binolar va uylarning birinchi qavati suv bilan to`lgan. Odamlar o`z uylarini tezroq tark etishga harakat qilishmoqda. Suv oqimi o`ndan ortiq avtomobillarni oqizib ketgan. Restoran, qahvaxona va do`konlar vaqtinchalik yopildi. Bu holat sayyohlarga ham ta`sir ko`rsatmoqda. Ular tezroq Bodrumni tark etishga harakat qilishmoqda. Soha mutaxassislarining bergan ma`lumotlariga ko`ra, kuchli yog`ingarchilik hafta so`ngiga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar