AsosiySport

Shahram MOQ prezidenti bilan uchrashdi va unga qo`lqop sovg`a qildi

'Shahram MOQ prezidenti bilan uchrashdi va unga qo`lqop sovg`a qildi'ning rasmi

Professional bokschimiz Shahram G`iyosovning sport vaziri tomonidan mukofotlangani haqida xabar bergan edik.

Charm qo`lqop ustamiz O`zbekiston milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti, O`zbekiston futbol assosiasiyasi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov qabulida ham bo`ldi, deb yozmoqda Olamsport nashri.

Uchrashuv davomida yoshlarimizni imkon qadar ko`proq sport turlariga jalb etish, bu bilan jamiyatda sog`lom turmush tarzini yanada qaror toptirish kerakligiga e`tibor qaratildi.

O`z o`rnida Umid Ahmadjonov bokschimizni kuni kecha AQShda qo`lga kiritilgan navbatdagi yorqin g`alaba bilan ham tabrikladi. Shahram G`iyosov esa MOQ rahbariga o`zining boks qo`lqoplarini sovg`a sifatida topshirdi.

    Boshqa yangiliklar