AsosiyJamiyat

O`zbekistonda "Favqulodda vaziyatlar oyligi" e`lon qilindi

'O`zbekistonda "Favqulodda vaziyatlar oyligi" e`lon qilindi'ning rasmi

Joriy yilning 25 noyabridan – 25 dekabriga qadar respublikamizda “Kuz-qish mavsumida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi” boshlandi.

Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilishicha, mazkur oylik is gazi hamda qarovsiz qoldirilgan hayvonlardan quturish kasalligi yuqishining oldini olishga qaratilgan. Olingan ma`lumotlarga ko`ra, is gazidan zaharlanish holatlari ko`proq kuzatilganini ko`rsatmoqda. Sababi qishki mavsum boshlanishi bilan fuqarolar xonadonlarni isitish masalasida har doim ham qoidaga rioya etishavermaydi.

Tahlil natijasiga ko`ra is gazidan zaharlanishning asosiy sabablari — qo`lbola isitish vositalaridan foydalanish, texnika va yong`in xavfsizligi qoidalariga rioya etmaslik, sertifikatlanmagan xorijiy isitish moslamalaridan foydalanish, bolalarni qarovsiz qoldirish, yopiq binolarda ko`mir va o`tinlarni yoqish hamda nosoz o`rnatilgan mo`rikon kabilar tashkil etmoqda.

25 noyabrdan — 25 dekabrgacha «Kuz-qish mavsumida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish oyligi»da faol ishtirok etaylik!

“Sizlar bilan birgalikda, favqulodda vaziyatlarni oldini olishda va qish mavsumini betalafot o`tkazishda jonbozlik ko`rsataylik.

Albatta, oylik davomida va keyinchalik Sizlarni qiziqtiradigan savollar, fikrlar va takliflar hamda e`tirozlar bo`lishi mumkin.

Shu sababdan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o`zining «Tezkor raqami»ni ishga tushirdi. (71) 245-90-50 yoki 1050 qisqa raqamiga tunu kun murojaat qilishingiz va malakali mutaxassislarimizdan kerakli yordam va maslahatni olishingiz mumkin”, - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar