AsosiySiyosat

Prezident polkovnikka avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg`a qildi

'Prezident polkovnikka avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg`a qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo`mondoni Shavkat Mirziyoyev 28 noyabr kuni Chirchiq dala o`quv maydonida yuqori darajadagi jangovar shaylikka keltirilgan bo`linmalarning maxsus-taktik mashqlarini kuzatgani haqida xabar berilgan edi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev poligon yonidagi harbiy qismda yaratilgan sharoitlarni, qurol-aslaha va texnikalarni ko`zdan kechirdi. Mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan o`zgarishlardan maqsad mamlakatimiz xavfsizligini mustahkamlash, xalqimiz tinchligini ta`minlash ekanini ta`kidladi.

Vatanparvarligi, professionalligi bilan alohida namuna ko`rsatgan polkovnik Qodir Tursunovga avtomashina, harbiy xizmatchilarga planshetlar sovg`a qilindi.


    Boshqa yangiliklar