Joriy yilning 27 noyabr kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi L.Yu. (ismli ayol) tomonidan ijaraga olingan, hozirda “Fortuna Child” nomli xususiy bolalar bog`chasida yong`in sodir bo`lgan. Ko`rilgan choralar natijasida yong`in o`chirilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, yong`in oqibatida bog`chaning 2-qavatiga o`rnatilgan kondisioner va uning atrofida 5 kv.m. maydonida devor qog`oz qoplamasi yonib zarar ko`rgan. Jarohat olganlar yo`q.
Yong`in 2-qavatga o`rnatilgan kondisionerni yoqib qarovsiz qoldirilishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o`tamiz, kecha Toshkentdagi bog`chada yong`in yuz bergani haqida xabar qilingandi.






