AsosiyDunyo

"Moskva go`zali" Malayziya qiroliga turmushga chiqdi (foto)

'"Moskva go`zali" Malayziya qiroliga turmushga chiqdi (foto)'ning rasmi

"Moskva go`zali – 2015" ko`rik tanlovi g`olibi Oksana Voevodina Malayziya qiroliga turmushga chiqdi. To`y 22 noyabr kuni bo`lib o`tgan, ammo bu haqda kuni kecha xabar qilindi. To`ydan fotosuratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.

Oksana qirol bilan turmush qurish uchun islom dinini qabul qildi va musulmoncha Rixanna degan ism oldi.


Islam News nashrining yozishicha, to`yda faqatgina halol tayyorlangan tansiq taomlar tortilgan.

Qirol to`yga Malayziya milliy kiyimida tashrif buyurgan, kelin esa oq libosda.

Malayziya qonunlariga ko`ra, Qirol Muhammad V 2016 yilning 13 dekabrida taxtga o`tirgan. Malayziyada qirollar faqat 5 yil hukumronlik qilishi mumkin. U keyin taxtni navbatdagi vorisga bo`shatib berishi kerak.

Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra Malayziya qiroli oldin uylangan, lekin 2008 yilda ajrashgan.

    Boshqa yangiliklar