Avval xabar berganimizdek, 21-26 aprel kunlari Olmazor tumanidagi Yoshlar ittifoqining madaniyat saroyida «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning Respublika bosqichi bo`lib o`tmoqda.
Ayni daqiqalarda, ya`ni 24 aprel kuni erkaklar o`rtasida o`tkazilgan «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning taqdirlash marosimi o`tkazilyapti.
Azon.uz xabariga ko`ra, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti talabasi Nuriddinov Yo`ldoshbek qori Ibrohim o`g`li «O`zbekiston Qur`on musobaqasi-2018»ning mutlaq g`olibi, oliy o`rin sohibi bo`ldi.
Qayd etish kerak, oliy o`rin sohibiga Prezident sovg`asi - "Lacetti" avtomashinasi topshirildi.
Eslatib o`tamiz, yurtimizda birinchi marotaba Prezident Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan 3 bosqichli Qur`on musobaqasi tashkil etildi.






