1970 yili ishlab chiqarilgan, Leonid Brejnevga tegishli bo`lgan ZIL 114 rusumli limuzin avtomobili sotuvga qo`yiladi, deya xabar qilmoqda Vesti nashri.
Avtomobil GDR ga tegishli bo`lgan Saksoniya Anxalt federal erida sotuvga qo`yiladi. Bir zamonlar avtomobil diplomatik yo`llar orqali shu erlarga kelib qolgan.

Hozircha ushbu limuzin uchun 1 mln. evro narx qo`yilmoqda.
300 ot kuchiga ega ushbu mashina yaxshi ahvolda saqlangan.

Ta`kidlanishicha, ZIL 114 limuzinlari 1967–1978 yillari 113 nusxada chiqarilgan.






