Svazilend davlatini endilikda dunyo xaritasidan topolmaysiz, deya ma`lum qilmoqda Bigpicture.ru nashri.
Afrikaning so`nggi mutlaq monarxi qirol Msvati III Svazilendni Esvatini qirolligi nomiga o`zgartirilishini ma`lum qildi.

“Ko`plab Afrika mamlakatlari mustaqillikni qo`lga kiritgach, o`zlarining ko`hna azaliy nomlariga qaytishdi. Endi biz ham Svazilend emasmiz”, – dedi Msvati III.

Mahalliy tilda “esvatini” “svazi eri” ma`nosini anglatadi.

Ko`pincha chet ellarda “Svazilend” nomini Shveysariya davlati bilan adashtirib yuborishardi (Swaziland - Switzerland).






