Poytaxtimizdagi "O`zbekiston" sport majmuasida 5 may kuni professional boks kechasi o`tkazilishi kutilmoqda.
Unda jami 9 ta jang o`tkazilishi kutilmoqda. Mazkur musobaqaning eng katta bahsi tajribali bokschimiz Aziz Abdug`afurov va rossiyalik Dmitriy Chudov o`rtasida o`tadi.
Aziz hamda Dmitriy o`rtasidagi jangi 12 raund bo`lib o`tadi va ular "WBC Silver" unvoni uchun jang qiladilar.






