AsosiyJamiyat

Samarqanddagi Perinatal markaz shifokori pora bilan qo`lga olindi

'Samarqanddagi Perinatal markaz shifokori pora bilan qo`lga olindi'ning rasmi

Samarqand viloyati Perinatal markazi shifokori G`iyosiddin Kichkinashakarov pora olayotganida qo`lga olindi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.

"Tibbiyot xodimi bemorga jarrohlik amaliyotini o`tkazganini aytib, 800 ming so`m talab qilgan", - deyilgan xabarda.

Shifokor pullarning 300 ming so`mini olayotganida qo`lga olingan.

Dalillar asosida jinoiy ish qo`zg`atilgan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar