AsosiyJamiyat

Ob-havo: hafta oxiridan boshlab harorat ko`tarilib boradi

'Ob-havo: hafta oxiridan boshlab harorat ko`tarilib boradi 'ning rasmi

O`zbekistonda ushbu hafta oxiridan boshlab harorat ko`tarilib boradi. O`zgidrometning xabar berishicha, Qoraqalpog`iston va Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, 21 va 23 aprelda yog`ingarchilik kutilmaydi, 22 va 24 aprelda biroz yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin. Harorat 21 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 issiq, 22-24 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja issiq, 22-24 aprelda kechasi 13-18 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo`ladi, 22-24 aprelda kechasi 10-15 daraja iliqgacha, kunduzi 25-30 darajagacha ko`tariladi.

Respublikaning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat 21 aprelda kechasi 0-5, kunduzi 7-12 daraja iliq bo`ladi, 22-24 aprelda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 17-22 darajagacha ko`tariladi.

    Boshqa yangiliklar