Qiziquvchilar “Belgiya Flanderi” zotiga tegishli quyonning qadrini yaxshi bilishadi. Vazni 24 kilogrammgacha etuvchi bu nasl O`zbekistonlik ishqibozlar tomonidan ham etishtirilmoqda.
Yana bir ma`lumot, yaqin orada quyon terisidan po`stin kiygan o`zbek ayollarining soni ham ortsa ajabmas. Sababi tinib tinchimas hamyurtlarimiz asosan terisi uchun qadrlanadigan “Reks” nasliga oid quyonlarni ko`paytirish bilan ham shug`ullanishmoqda.
Mutaxassislarning so`zlariga ko`ra nozik hilqat vakilalari qomatlarini asrashni, doimo yosh hamda latofatli ko`rinishni istashsa o`z rasionlariga quyon go`shtini kiritishlari lozim. Sababi u boshqa shu turdagi mahsulotlarga nisbatan juda tez hazm bo`ladi va xolestirindan holi.
“Sevimli” telekanali orqali efirga uzatiladigan “Xayrli oqshom” dasturining bugungi sonida quyonchilikning yana boshqa sir asrorlari bilan tanishasiz.







