Yutlandiyaning Dengiz harbiy muzeyi xizmatchilari tomonidan Skagerrak bo`g`ozida yaqinida, 123 metr chuqurlikda nemis suvosti kemasi “U-3523” topildi.
Tarixchilarning ba`zi taxminlariga ko`ra ushbu suvosti kemasida Uchinchi reyx qo`mondonligi qochib ketmoqchi bo`lgan.
1645 yilning 6 mayida Britaniya havo kuchlari tomonidan cho`ktirilgan deb hisoblangan U-3523ning qoldiqlari shu vaqtgacha topilmagan edi. Shu sabab “Germaniya nasistlar boshqaruvi mamlakatdan qochib ketish maqsadida mazkur suvosti kemasidan foydalangan” degan faraz ham bo`lgan.
Muzey direktori Gerta Normann Andersenning so`zlariga ko`ra “U-3523” Ikkinchi jahon urushi vaqtida nemislar qurgan eng zamonaviy suvosti kema hisoblangan.
“Gitler qochgan” deb ehtimol qilingan nemis suvosti kemasini muzey xizmatchilari sathga olib chiqishni rejalashtirmayotgan ekan. Shuning uchun ham “U-3523”da yana qanday topilmalar borligini bilishning yaqin orada iloji yo`q.






