AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya etakchisi Kim Chen In bilan Tayland, Singapur yoki Mo`g`ilistonda, yoki Evropadagi shaharlardan birida uchrashishi mumkin.
Bundan avval Donald Tramp bayonot berib, Kim Chen In bilan iyun oyi boshlariga belgilangan uchrashish uchun beshta shahar ko`rib chiqilayotganini aytgan edi. Siyosatchilar KXDRning yadroviy qurolsizlanishini muhokama qilmoqchi. “Bloomberg” manbasining ma`lumotlariga ko`ra, uchrashuv Praga, Varshava, Xelsinki, Stokgolm, Oslo yoki Jeneva bo`lib o`tishi mumkin.
Bundan tashqari, Tramp ma`muriyatining ta`kidlashicha, uchrashuv Ulan-Bator, Bangkok yoki Singapurda ham o`tkazilishi ehtimoli bor. “Bloomberg”ning yozishicha, muzokoralarning Janubiy yoki Shimoliy Koreya, shuningdek, Xitoy hududlarida o`tishi butunlay iste`sno qilinadi.
Donald Tramp mart oyida Kim Chen In bilan muzokaralar o`tkazish niyati borligi haqida bayonot bergan edi. Amerikaning amalda bo`lib turgan prezidentlaridan birortasi ham shimoliy Koreya rahbarlari bilan biror marta bo`lsa-da uchrashishmagan. Hozircha uchrashuvning aniq sanasi va o`tadigan joyi aniq emas. Bundan avval, ya`ni 18 aprel kuni MRB direktori Mayk Pompeoning Kim Chen In bilan Shimoliy Koreya hududida maxfiy uchrashgani haqida xabar tarqatilgan edi.






