2012 yildan beri Janubiy Koreyaning Pusan shahar merligi tomonidan har yili 14-22 aprel kunlari dala gullari festivali o`tkaziladi.
Festival doirasida faqatgina gullar bilan cheklanmay, tabiat rasmini chizish tanlovi, milliy liboslar shousi, musiqa shousi, dala yo`llarini gul bilan bezatish kabi bir qancha tadbirlar dalaning o`zida o`tkaziladi.
Ushbu festivalda yoshu qari qatnashishi mumkin. Dala gullari festivali Pusandagi keng dalalarda o`tkazilishi har yili odat tusiga kirib qolgan, deb Janubiy Koreyadan «Darakchi.uzi» sayti uchun maxsus jurnalist Otabek Yo`ldoshev yubordi.













