Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish doirasida Xalq ta`limi vaziri Ulug`bek Inoyatov so`zga chiqdi, deb xabar bermoqda O`zA.
“Boshida yangi tizimga moslashish bizga qiyin kechdi. Endi hammasini to`g`ri yo`lga qo`ymoqdamiz. Kattaqo`rg`on tumanida maktab o`qituvchisi bilan yuz bergan baxtsiz hodisada hech kim yozma topshiriq bermagan. Ammo biz buning tagiga etdik. Kattaqo`rg`on tumani xalq ta`limi bo`limi mudiri o`qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilish borasida og`zaki topshiriq berganini tan oldi. Biz u kishiga nisbatan tegishli chora ko`rdik”.
17.04.2018 15:52
Xalq ta`limi vaziri: Majburiy mehnatni vatanparvarlik deb bilganmiz






