AsosiyJamiyat

Viloyatlarda majburiy mehnatning qanday ko`rinishlari mavjud?

'Viloyatlarda majburiy mehnatning qanday ko`rinishlari mavjud?'ning rasmi

Vazirlar Mahkamasida jamoat ishlariga majburiy jalb qilishni taqiqlash, bu borada rahbarlar mas`uliyatini oshirishga bag`ishlangan yig`ilish davom etmoqda, deb xabar bermoqda O`zA.

Unda O`zbekiston Respublikasi Bosh Vaziri A.Aripov o`z so`zida viloyatlarda yo`l qo`yilayotgan majburiy mehnat ko`rinishlarini tanqid qildi.

“Samarqandning Nurobod tumanidagi Jom qishlog`ida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlariga nafaqat tumandagi, balki boshqa tumanlardagi o`qituvchi, shifokorlar ham jalb etilgan. Bundan tashqari, o`qituvchi va shifokorlarni qishloq xo`jaligidagi ishlarga keng jalb qilish tizimga aylanib boryapti. Masalan, Paxtachi tumanida xalq ta`limi xodimlari o`qituvchilari chigit ekish ishlariga jalb etilgani aniqlandi.

Qoraqalpog`istonning Qo`ng`irot tumanida kasb-hunar kolleji direktorlari qishloq xo`jaligi ishlarini tashkil etishda vakil sifatida biriktirib qo`yilgan.

Andijon viloyatining Oltinko`l tumanidagi barcha kollej, maktab direktorlari tomorqadan unumli foydalanish ishlariga, Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi 8 kollej mutasaddilari uzumchilik bilan shug`ullanuvchi fermerlarga biriktirib qo`yilib, tokni ochish va ko`mishga doimiy qarashib kelgan.

Kollej o`qituvchilari hatto noqonuniy qurilmalarni buzishlarga ham jalb qilingan. Buni Urganch shahri va Urganch tumanlari misolida ko`rish mumkin”.

    Boshqa yangiliklar