AsosiyDunyo

Bugun tunda Suriyaga uyushtirilgan raketa hujumi haqidagi xabar yolg`on

'Bugun tunda Suriyaga uyushtirilgan raketa hujumi haqidagi xabar yolg`on'ning rasmi

Sal oldin Suriya ommaviy axborot vositalari bugun tunda Xoms hududida havo mudofaasi tomonidan to`qqizta raketa urib tushirilgani haqida xabar tarqatgani, RIA Novostining Suriya armiyasidagi manbasi ham buni tasdiqlagani, axborot portali Al-Masdar esa raketalar Isroil tomonidan uchirilganini ma`lum qilganini xabar qilgan edik.

Mazkur xabarlar yolg`on bo`lib chiqdi. Suriyaning rasmiy axborot agentligi NASAning ma`lum qilishicha, bugun tunda mamlakatning Shayrat aviabazasiga chetdan hech qanday raketa hujumi uyushtirilmagan.

"Havo daxlsizligi buzilgani haqidagi yolg`on trevoga Xomsdagi havo mudofaasi tizimining ogohlantiruv signalini ishga tushirib, ehtimoliy hujumga qarshi bir nechta raketalar havoga uchirilgan” deyiladi SANAning rasmiy axborotida.

RIA Novostining Bayrut xalqaro aeroportidagi manbasi ham Isroil Suriyaga raketa hujumi uyushtirgani haqidagi xabar yolg`onligini tasdiqladi. O`sha manbaning bildirishicha, mahalliy vaqt bilan 21.00 dan 1.30 gacha Isroil samolyotlari Livan havo hududiga qayd etilmagan.

    Boshqa yangiliklar