AsosiyJamiyat

Samarqandlik o`qituvchi Diana Enekeevaning o`limiga sababchi bo`lgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi

'Samarqandlik o`qituvchi Diana Enekeevaning o`limiga sababchi bo`lgan mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Samarqandda Prezident tashrifi arafasida obodonlashtirish ishlariga jalb etilgan o`qituvchi Diana Enekeevaning o`limiga sababchi bo`lgan mansabdor shaxslar yuridik javobgarlikka tortiladi. Bu haqda bugun, 17 aprel kuni bo`lib o`tgan brifingda O`zbekiston Prezidenti matbuot kotibi Komil Allamjonov ma`lum qildi.

Matbuot kotibining xabar berishicha, hozirda bu holat bo`yicha o`rganishlar olib borilmoqda.

Davlat rahbari Sirdaryo viloyati faollari yig`ilishida ijtimoiy soha xodimlarini obodonlashtirish ishlariga jalb etilayotgani, ayrim joylarda ko`zbo`yamachilikka yo`l qo`yilayotgani bo`yicha tanqidiy fikrlar bildirgandi. Prezident Samarqanddagi 23 yoshli o`qituvchining o`limiga ham to`xtalib o`tgan edi.

14 mart kuni Samarqand viloyati Kattaqo`rg`on tumanidagi 42-maktabning mehnat ta`limi o`qituvchisi, 23 yoshli Diana Enekeeva katta yo`ldagi to`siqlarni oqlash chog`ida yuk mashinasi urib ketishi oqibatida vafot etgani xabar qilingan edi.

    Boshqa yangiliklar