Rossiyaning “Uralskie avialinii” aviakompaniyasi “Moskva (Domodedovo) — Qarshi” yo`nalishida yangi reys qo`yilishini ma`lum qildi.
Bu haqda ushbu aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi. Qatnovlar shu yilning 2 mayidan yo`lga qo`yiladi.
Parvozlar Moskvadan Qarshiga haftaning seshanba va chorshanba kunlari, Qarshidan Moskvaga esa seshanba va payshanba kunlari amalga oshiriladi.
Barcha reyslar zamonaviy “Airbus” avialaynerlarida amalga oshiriladi.






