Qoraqalpog`iston Respublikasida o`tkazilgan “Oshpazlar musobaqasi”da to`rtko`llik mohir oshpazlarning qo`li baland keldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi, Savdo-sanoat palatasi hamkorligida umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar (korxona oshpazlari) o`rtasida tashkil qilingan musobaqada shahar va tumanlardan mohir oshpazlar ishtirok etishdi.
Komissiya xulosasiga ko`ra, ikkinchi o`rin Chimboy, uchinchi o`rin esa Mo`ynoq tumanlari oshpazlariga nasib etdi.
O`zA xabariga ko`ra, tanlovda bundan tashqari “Eng yosh oshpaz”, “Eng yaxshi salat”, “Eng yaxshi chet el taomi”, “Eng yaxshi namunaviy oshpaz” nomnasiyalari bo`yicha ham g`oliblar aniqlandi va tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.






