AsosiySport

Futzalchilarimiz yarim finalda Eron bilan o`ynaydi

'Futzalchilarimiz yarim finalda Eron bilan o`ynaydi'ning rasmi

Xitoy Taypeyida futzal bo`yicha o`tkazilayotgan Osiyo chempionatining chorak finalida Vetnam va O`zbekiston terma jamoalari o`zaro bahslashdi.

Keskin va murosasiz o`tgan uchrashuvda futzalchilarimiz raqiblarini 3:1 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Terma jamoamizga g`alaba keltirgan gollarga Mashrab Odilov, Davron Choriev hamda Ilhomjon Xamroev mualliflik qilgan bo`lsa, vetnamlik Luan terma jamoasining yagona golini kiritdi.

Endi Bahodir Ahmedov shogirdlari chempionatning yarim finali Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

    Boshqa yangiliklar