AsosiySport

Tennischilarimiz ikkinchi uchrashuvda ham g`alaba qozondi

'Tennischilarimiz ikkinchi uchrashuvda ham g`alaba qozondi'ning rasmi

Tennis bo`yicha xotin-qizlar o`rtasidagi Federasiyalar kubogining Osiyo/Okeaniya mintaqasi saralash bahslari ikkinchi guruh uchrashuvlari Bahraynda davom etmoqda.

O`zbekiston terma jamoasi "A" guruhida Livan va Yangi Zelandiya terma jamoalariga qarshi bahs olib bordi.

Guruhda terma jamoamiz ikkinchi uchrashuvni Yangi Zelandiya termasiga qarshi o`tkazmoqda.
Uchrashuvning yakkaliklar o`rtasidagi bahslarda Nigina Abduraimova Jeyd Lyuisni 7:5, 6:3, Sabina Sharipova esa Erin Rutliffdan 7:5, 6:1 hisobida mag`lubiyatga uchratgan bo`lsa, juftlik bahslarida Oqgul Omonmurodova hamda Yasmina Karimjonova Emili Fanning va Katerin Vestbarini 7:5, 6:1 hisobida engdi.

Shu tariqa, O`zbekiston - Yangi Zelandiyani 3:0 hisobida mag`lub etib, 10 fevral kuni Indoneziya terma jamoasiga qarshi o`yinaydigan bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar