AsosiyJamiyat

Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida kuchli yong`in sodir bo`ldi

'Yunusobod tumanidagi xonadonlardan birida kuchli yong`in sodir bo`ldi'ning rasmi

Poytaxtning Yunusobod tumani joylashgan xonadonda yong`in kelib chiqqan, deb xabar qiladi IIBB matbuot xizmati.

4 fevral kuni soat 16:48da Toshkent shahar IIBB YoXB Kuch vositalarni boshqarish markazidan Xasanboy ko`chasida yong`in sodir bo`layotganligi haqida xabar kelib tushgan. Yong`in sodir bo`lgan manzilga Yunusobod va Olmazor tumani yong`indan muhofaza qiluvchi xarbiylashtirilgan yong`in xavfsizligi qismilaridan jangovor bo`linmalar yuborilgan. Olib borilgan tezkor xarakatlar natijasida yong`in soat 17:09da qurshab olinib, 17:21da to`liq bartaraf qilingan.

Hodisa oqibatida xonadonning tomi, ichki qismi va uy jihoz buyumlari - 35 m.kv maydonda yongan. Jabrlanganlar haqida ma`lumot yuq.

Yong`in gaz isitish pechidan foydalanishda yong`in xavfsizligi qoidalarining buzilishi natijasida yuzaga kelgan, deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar