Farg`ona viloyatining uchta tumanida hokimlar o`zgardi, deb xabar beradi viloyat hokimligi axborot xizmati.
G`ayrat Mamadaliev Rishton tuman hokimi lavozimidan ozod etildi. Bungacha So`x tumani hokimi bo`lib ishlagan Tavakkaljon Rahimov Rishton tumani hokimi etib tayinlandi.
Tavakkal Rahimovning o`rniga Farrux O`sarov So`x tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.
Alibek Tursunov boshqa ishga o`tgani sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Bag`dod tumani hokimining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlagan Bexzod Ibragimov Buvayda tumani hokimi etib tayinlandi.






