O`zbekistonga keluvchi sayyohlarga jamoat joylarida suratga olish ishlarini olib borishga ruxsat etiladi. Bu “Kirish turizmini rivojlantirish choralari to`g`risida”gi Prezident qarorida nazarda tutilgan. Hujjat matni O`zA saytida keltirilgan.
Hujjatning to`qqizinchi bandiga muvofiq, turistlarga jamoat joylarini, bino va inshootlarni suratga olishga ruxsat etiladi. Qonunlarda ko`zda tutilgan tartibda tuzilgan obe`ktlar ro`yxati bundan mustasno.
Bundan tashqari, chet tilida (ingliz, rus va boshqa tillarda) peshlavha va ko`rsatkichlar o`rnatish tashabbusi bilan chiqqan xo`jalik yurituvchi sube`ktlarga ushbu peshlavhalarda o`z tovar va xizmatlari haqida reklama ma`lumotlarini joylashtirish huquqi taqdim etiladi. Bunda joylashtiriladigan axborot peshlavha yoki ko`rsatkich maydonining 40 foizidan ko`pini egallamasligi lozim.






