O`tgan yil so`ngida Qozog`istonning «KAE» mas`uliyat cheklangan shirkati tomonidan O`zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun tungi ko`rish moslamalarining sinov turkumi jo`natilgan edi.
«Xalq so`zi» nashrining «NK «Kazaxstan injiniring» aksiyadorlik kompaniyasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, Qozog`istonda tayyorlangan tungi ko`rish moslamalari tegishli sinovlardan muvaffaqiyatli o`tgan.
Ma`lumki, 2017 yilda Toshkent shahrida o`tkazilgan «O`zbekiston – Qozog`iston: hamkorlikning yangi bosqichi» sanoat ko`rgazmasida mazkur zavod vakillari ham ishtirok etib, o`zining elektron-optik mahsulotlarini namoyish qilgandi. Mazkur tadbir davomida ikkitomonlama kelishuv ham imzolangan.
«NK «Kazaxstan injiniring» AK tarkibidagi «KAE» korxonasi tungi ko`rish moslamalari, teplovizion nishonga olgich, elektron platalar va optik linzalar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan.






