Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ-3504-son qarori bilan san`at, madaniyat va olimpiya zaxiralari kasb-hunar kollejlarini (kollejlarini) ixtisoslashtirilgan san`at va madaniyat maktablari va maktab-internatlariga, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlariga aylantirish nazarda tutilgan.
Ma`lumot uchun: ayrim fanlarni chuqurlashtirib o`rgatadigan maktablarda o`quv jarayoni o`qishning 1-sinfidan tashkil etiladi, ixtisoslashtirilgan maktab-internetlar esa o`quvchilarga yashash va ovqatlanishni ta`minlagan holda 5-sinfdan boshlab qabul qiladi. Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan maktab-internatlarda bolalar ta`minoti uchun har bir bola uchun oyiga EKIHning 1 baravari miqdori ota-onalar to`lovi undiriladi.
Natijada, madaniyat va san`at sohasidagi 24 ta kasb-hunar kolleji, shu jumladan Toshkent madaniyat kolleji, Respublika dizayn kolleji, Respublika rassomlik kolleji, Toshkent xoreografiya kasb-hunar kolleji va Respublika estrada-sirk kolleji qayta tashkil etildi.
Qayta tashkil etilgan olimpiya zaxiralari kollejlari ro`yxatiga (jami 15) Toshkent shahar Respublika olimpiya zaxiralari kolleji ham kiritildi.
Qayta tashkil etilayotgan kasb-hunar kollejlarining to`liq ro`yxatidan havola bo`yicha foydalanish imkoniyati mavjud.
Eslatib o`tamiz, mazkur qaror bilan faoliyat ko`rsatayotgan kasb-hunar kollejlarini moliyalashtirish manbalari belgilandi hamda Kasb-hunar ta`limi markazi va Kasb-hunar ta`limi tizimini innovasion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti tashkil etildi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasida rasman e`lon qilindi va 3.02.2018 yilda kuchga kirdi.
Manba: norma.uz






