Joriy yilning 4 fevral kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining «1050» qutqaruv xizmatiga Termiz shahrida yashovchi fuqaro S.B. tomonidan murojaat kelib tushdi, deya xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Olingan ma`lumotga ko`ra, fuqaro S.B.ning uyining temir eshigi berkilib qolganligi, 13 yoshli bolasi uyda uxlab yotganligi, choy damlash uchun gazga suv qo`yganligi va eshikni taqillatsa ham hech kim javob bermayotganligi sababli xavotir olayotganligi ma`lum bo`lgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan Yong`in xavfsizligi xizmati va Tez tibbiy yordam xizmati xodimlarini jalb qilib, voqea joyiga o`z vaqtida etib bordi.
Qutqaruv guruhi tomonidan eshik ochilganda, kondisioner ulangan rozetka erishi natijasida uyning ichi tutun bilan to`lganligi hamda u erda o`smir bola hushsiz yotganligi aniqlandi. Qutqaruvchilar bolani tezkorlik bilan tez tibbiy yordam xodimlariga olib chiqdi va unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatildi. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi.






