AsosiyJamiyat

2018 yilda O`zbekistonda 150 ming tonna baliq etishtiriladi

'2018 yilda O`zbekistonda 150 ming tonna baliq etishtiriladi'ning rasmi

2018 yilda baliq etishtirish hajmini oshirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida Prezident Qarori qabul qilindi, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Telegramdagi "Huquqiy axborot" kanali.

Qarorda ta`kidlanishicha, hozirda O`zbekistonda 3 mingdan ortiq baliqchilikka ixtisoslashgan xo`jaliklar faoliyat yuritmoqda.

Baliqchilikni ilmiy asoslangan tarzda tashkil etish, inkubasiya sexlari va baliq boqish joylarini qurish, mavjud suv havzalarini modernizasiya qilish va kengaytirish baliqchilik sohasini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari etib belgilandi.

2018 yilga baliq etishtirishning prognoz ko`rsatkichlari tasdiqlandi. Unga ko`ra, joriy yilda 150 ming tonna baliq etishtirilishi rejalashtirilmoqda.

Qaror bilan 2020 yil 1 yanvarga qadar O`zbekiston hududiga baliq kombikormini olib kirishda bojxona to`lovlari bekor qilinadi.

    Boshqa yangiliklar