AsosiyJamiyat

Milliy valyutaning qadrsizlanishi transport xizmatlari narxiga qanday ta`sir ko`rsatdi?

'Milliy valyutaning qadrsizlanishi transport xizmatlari narxiga qanday ta`sir ko`rsatdi?'ning rasmi

Milliy valyutaning erkin konvertasiyasiga bo`lgan davrda almashuv kursiga bog`liq ravishda ayrim xizmat turlari (mobil aloqa va internet, temir yo`l va havo transporti tariflari) bo`yicha tariflarning oshirilishi xizmatlar bo`yicha inflyasiya darajasida asosiy omil bo`ldi, deb yozadi O`zA.

O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi mutaxassislarining fikricha, qiymati eng kam oylik ish haqiga bog`liq xizmat turlari tariflarining ortishi ham inflyasiya darajasiga sezilarli ta`sir ko`rsatgan.

Ma`lumot uchun, 2017 yilda almashuv kursi va minimal ish haqiga bog`liq xizmatlar hamda markazlashtirilgan tarzda belgilanadigan xizmatlar tariflarining o`sishi kuzatildi.

Xususan, havo transporti xizmatlari – 48,2 foiz, temir yo`l transporti – 17,7 foiz, uyali aloqa va internet xizmatlari – 31,4 foiz, maktabgacha ta`lim muassasalari tariflari – 8,3 foiz, huquqiy va bank xizmatlari – 15,0 foizga oshgan bo`lib, ularning umumiy inflyasiya darajasiga ta`siri 7,6 foizni tashkil qilgan.

    Boshqa yangiliklar