Almatida bo`lib o`tgan raqamlashtirish bo`yicha forumda MDH bosh vazirlari va yirik xalqaro IT-kompaniyalar qatnashmoqda deb yozdi Sputnik.uz nashri.
Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Almatida bo`lib o`tgan "Globalizasiya davrida raqamli kun tartibi" forumida hamkasblariga raqamlashtirish uchun mablag` to`plashni maslahat berdi:
"Hurmatli hamkasblar, bosh vazirlar va ularning delegasiyalari pastroqqa tushishlarini va oyoqlari erdan uzilmasligini xohlardim. Hozirda muhokama qilinayotgan mavzu, men buyumlar interneti va beshinchi avlod aloqa tizimini hamda hamkasblarim aytib o`tgan infrastrukturani nazarda tutyapman – bular judayam qimmat texnologiyalardir, shu bois mablag` to`planglar", — dedi Medvedev.






