AsosiyDunyo

Eng xunuk Jeyms Bond

'Eng xunuk Jeyms Bond'ning rasmi

Yaqinda Jeyms Bond haqidagi yangi filmda qora tanli aktyor bosh rolni ijro etishi mumkinligi ma`lum bo`ldi. Ta`kidlab o`tamizki, Jeyms Bond haqidagi filmlar kinematografiya yaratilganidan beri eng muvaffaqiyatli filmlar hisoblanadi. “Josus 007” haqidagi harbir kinokartina film ijodkorlariga milliardlab foyda keltirgan, bosh qahramonni ijro etgan har bir aktyor esa tomoshabinlar va tanqidchilar diqqat-e`tiborida bo`lgan, deya yozmoqda Segodnya nashri.

Shunday bo`lsa-da, Deniel Kreyg eng xunuk Bond deb topildi. Londondagi zamonaviy kosmetologiya va plastik jarrohlik markazi sohibi va jarrohi Julian De Silvaning xulosa qilishicha, britaniyalik aktyorning yuz tuzilishi 007 roli uchun eng noideal proporsiyalarga ega ekan.

Garchi Deniel Kreyg rasman eng xunuk “josus 007” bo`lsa-da, lekin eng “kassabop” Jeyms Bonddir.

Eslatib o`tamiz, “Bondiana” yulduzi Deniel Kreyg yana bir karra, ammo oxirgi marta Jeyms Bond rolini ijro etishini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar