Eronda engil atletika bo`yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati yakuniga etdi, deya xabar berdi MOQ.
Musobaqaning so`nggi kunida ko`pkurash bahslarida qatnashgan Aleksandra Yurkevskaya terma jamoamiz hisobiga yana bir medalni qo`shib qo`ydi.
Hamyurtimiz ko`pkurash yakunlariga ko`ra 3858 ochko to`pladi va yakunda ikkinchi o`rin sohibiga aylandi. Birinchi o`rinni mezbonlar vakili Sipodoh Tavakotich qo`lga kiritgan bo`lsa, turkmanistonlik Irina Velixanovaga bronza medali nasib qildi.
Shu tariqa, O`zbekiston terma jamoasi Erondagi Osiyo chempionatini ikkita oltin va bitta kumush medal bilan yakunladi. Bungacha Nadiya Dusanova va Elena Smolyanovalar musobaqada oltin medal sohibiga aylangandilar.






