Joriy yilning 1 aprelidan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi bayonnomani tuzishda hujjatlar paketini yig`ish talab etiladi. 29.01.2018 yildagi O`RQ–463-son Qonun bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga shunday qo`shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Eslatib o`tamiz, bayonnoma barcha ma`muriy huquqbuzarliklar bo`yicha tuziladi, MJTKning 283-moddasida ko`rsatilganlari (piyodalar va yo`lovchilar tomonidan YHQning buzilishi) bundan mustasno. Unda quyidagilar ko`rsatiladi:
- bayonnoma tuzilgan sana va joy;
- bayonnomani tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
- huquqbuzarning shaxsiga oid ma`lumotlar;
- ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilgan joy, vaqt va bu huquqbuzarlikning mohiyati;
- ana shunday huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat;
- agar guvohlar va jabrlanuvchilar bo`lsa, ularning familiyalari va yashash manzillari;
- huquqbuzarning tushuntirishi;
- agar moddiy zarar etkazilgan bo`lsa, buning dalili;
- ishni hal qilish uchun zarur bo`lgan boshqa ma`lumotlar.
Hujjat uni tuzgan mansabdor shaxs va ma`muriy huquqbuzarlik sodir etgan shaxs tomonidan imzolanadi, guvohlar va jabrlanuvchilar bo`lgan taqdirda esa - mazkur shaxslar tomonidan ham imzolanadi.
Endi bayonnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi (mansabdor shaxs tomonidan yig`iladi):
MJTKning 133 va 134-moddalari bo`yicha (engil tan jarohati, ancha miqdorda moddiy zarar etkazilishi, transport va mol-mulkning shikastlanishiga olib kelgan YHQning buzilishi) | MJTKning 52-moddasi bo`yicha (engil tan jarohati etkazish) | MJTKning boshqa moddalari bo`yicha |
1) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko`chirma nusxasi; 2) IIOning ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma`muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to`g`risidagi ma`lumotnomasi; 3) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko`rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo`lsa; 5) ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar; 6) haydovchilik guvohnomasi, transport vositasi ro`yxatdan o`tkazilganligi to`g`risidagi guvohnomaning va ishonchnomaning ko`chirma nusxasi; 7) sug`urta polisining ko`chirma nusxasi (mavjud bo`lgan taqdirda); 8) alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta`siridan yoki o`zgacha tarzda mast holda boshqarilganligi belgilangan tartibda tekshiruvdan o`tkazilganligi to`g`risidagi tibbiy xulosa, alkogolli ichimlikdan, giyohvandlik moddasi ta`siridan yoki o`zgacha tarzdagi mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o`tishdan bo`yin tovlagan taqdirda ikki xolis ishtirokida tuzilgan dalolatnoma; 9) ko`zdan kechirish dalolatnomasi va hodisa joyining chizmasi, transport vositasining shikastlanishlari to`g`risidagi ma`lumotnoma va texnika vositalari shikastlanishlarining fotosuratlari; 10) avtomototransport vositasiga etkazilgan zararni baholash dalolatnomasi; 12) sudga qadar avtotexnika ekspertizasi tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi; 13) surishtiruv yakunlariga ko`ra, manfaatdor shaxslarning ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish materiallari bilan tanishganligi to`g`risidagi bayonnoma. | 1) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko`chirma nusxasi; 2) IIOning ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma`muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to`g`risidagi ma`lumotnomasi; 3) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko`rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo`lsa; 5) ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar; 6) jabrlanuvchining arizasi; 7) sudga qadar tibbiy ekspertiza tayinlanganligi haqidagi qaror va ekspertlarning xulosasi; 8) jinoyat ishi qo`zg`atishni rad etish to`g`risidagi qaror. | 1) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatning ko`chirma nusxasi; 2) IIOning ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning ilgari ma`muriy javobgarlikka tortilganligi fakti mavjudligi yoki mavjud emasligi to`g`risidagi ma`lumotnomasi; 3) ma`muriy javobgarlikka tortilayotgan shaxsning tushuntirishi; 4) jabrlanuvchining, guvohlarning ko`rsatuvlari, ekspertning xulosasi, agar ular mavjud bo`lsa; 5) ma`muriy huquqbuzarlik sodir etilganligi faktini tasdiqlovchi boshqa materiallar. |
Shu tariqa, barcha toifadagi ishlar bo`yicha shaxsini tasdiqlovchi hujjatdan nusxa ko`chirish va alohida tushuntirish yozish talab etiladi. Bu, fikrimizcha, bayonnomalarni, masalan, DYHXX xodimlari tomonidan rasmiylashtirish uchun ancha vaqtni talab etsa kerak.
Bundan tashqari, amaliyotda o`tkazilgan ayrim prosessual harakatlar rasmiy ravishda majburiy deb belgilandi. Ayrim toifalar bo`yicha (yuqoridagiga qaralsin) haydovchi holatini tibbiy tekshiruvdan o`tkazish, zararni baholash, avtotexnik va tibbiy ekspertiza tayinlash talab etiladi.
Biroq, mazkur choralar ma`muriy huquqbuzarlik ishlarini to`liq va xolis ko`rib chiqish imkoniyatini yaratadi.






