AQShning Pensilvaniya shtatida yashovchi Syurveldlar oilasining Ebbi laqabli iti o`n yil oldin yo`qolib qolgan edi. Shu haftaning boshida o`sha it bir vaqtlar yashagan uyiga yaqin hududda paydo bo`lib qoldi.
Vafodor jonivor o`z egalarini izlab kelgan hoynahoy, deb yozadi RIA Novosti WCPO kanali tarqatgan xabarga asoslanib.
Mahalliy yordam ko`rsatish markazi Ebbining bo`yin tasmasidagi mikrochipdan uning Syurveldlar oilasiga tegishli ekanligini aniqlagan.
- Ebbi ko`rinishidan sog`lom, uni shuncha yil davomida kimdir yaxshilab parvarish qilgan, - deydi Syurveldlar oilasi a`zolari.
Eng qizig`i, Ebbi hali ham sobiq egalarining buyruqlarini yodidan chiqarmagan ekan.
Ebbining uyga qaytishi oilaga katta quvonch olib keldi. Farzandlariga bolalik xotiralarini eslatgan jonivordan oila bekasi Debra Syurveld juda minnatdor.






