AsosiyDunyo

Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Amerika ustidan arz qildi

'Shimoliy Koreya Tashqi ishlar vazirligi Amerika ustidan arz qildi'ning rasmi

Hujjatda qayd etilishicha, “AQSh qishgi Olimpiya o`yinlaridan keyin bizning Respublikamizga qarshi hamkorlikdagi yirik ko`lamli agressiv harbiy mashg`ulotlar o`tkazishini ommaga e`lon qilishmoqda”, deb yozmoqda Sputnik.uz nashri.

KXDR Tashqi ishlar vazirligi rahbari Li En Xo Amerika Qo`shma Shtatlari Koreya yarimorolida vaziyatni ziddiylashtirishga harakat qilayotgani munosabati bilan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterreshga maktub yo`lladi, deyiladi Rossiyadagi Shimoliy Koreya elchixonasi xabarida. RIA Novosti xabari asosida.

Maktubda Koreya yarimorolida "tinchlik va farovonlikka intilgan, millatni birlashtirish uchun yarashishga intiltirgan tub burilish vaziyati yaratilgani" alohida ta`kidlangan.

“Ammo amerikalik hukmdorlar omma fikrini yolg`on bilan chalg`itmoqda, go`yoki Shimol va Janub muzokaralari ularning qat`iy sanksiyalari va bosimi natijasi mahsuli ekan. Bu Shimol va Janub bir-biriga tik qarab, tinchlik sahifasini ochayotganda yuz bermoqda, (AQSh) ataydan holatni ziddiylashtirish uchun o`zining strategik vositalarini, shu jumladan, Koreya Yarimoroli atrofiga yadroli avianoseslarning zarba beruvchi birikmalari olib kirilmoqda”, – deyiladi maktubda.

“Agar Koreya yarimoroliga va uning atrofiga yadro urushi vositalarini tashiyotgan va bu bilan holatni ziddiylashtirayotgan AQShning bu kirdikorlari tufayli koreyaliklararo munosabatlarni sog`lomlashtirish va ziddiyatni yumshatish uchun ko`p mehnat orqali erishilgan muhitga zarar etsa, u holda AQSh buning uchun javobgarlikdan hech qachon o`zini sokit qila olmaydi”, — deyilgan maktubda.

KXDR TIV Guterreshdan AQSh harakatlariga e`tibor berishni va ularni to`xtatish uchun imkoni boricha harakat qilishini so`ragan.

    Boshqa yangiliklar