AsosiyDunyo

Braziliya Prezidenti nafaqasiz qoldi

'Braziliya Prezidenti nafaqasiz qoldi'ning rasmi

Davlat rahbari o`zining hayot ekanligini rasman tasdiqlamagani uchun San-Paulo shtati ma`muriyati unga ikki oylik nafaqa pulini bermadi, deb yozadi RIA Novosti "Telam" agentligi xabariga tayanib.

Prezident Mishel Terem 1999 yilda San-Paulo shtati prokurori lavozimidan nafaqaga chiqqan edi.

Prezident ma`muriyati Mishel Terem davlat ishlari bilan nihoyatda band bo`lgani uchun ham nafaqa olishga zarur bo`ladigan hujjatlarni o`z vaqtida taqdim etolmagan, deb tushuntirish bermoqda.

Braziliya Prezidentining sobiq prokuror sifatida oladigan nafaqa puli miqdori oyiga 45 ming real (15 ming dollar).

    Boshqa yangiliklar