AsosiyJamiyat

Toshkentda pasport xizmatlari ko`rsatish vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkentda pasport xizmatlari ko`rsatish vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi, tuman Ichki ishlar boshqarmalari Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limlari hamda Toshkent shahrining 70 ta shahar ichki bo`limlarining avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali qator xizmatlar ko`rsatilishi 2018 yilning 5 fevral kunidan 11 fevral kuniga qadar vaqtincha to`xtatiladi. Bu haqda Toshkent IIBB saytida xabar berildi.

Xabar qilinishicha, O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli 1-berk ko`chasi, 5-uy manzili bo`yicha yangi binoga ko`chmoqda.

Shu bois, quyidagi xizmatlar ko`rsatilishi vaqtincha to`xtaydi:

1. O`zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasporti hamda fuqaroligi bo`lmagan shaxsning xorijga chiqish hujjatini rasmiylashtirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

2. Jismoniy shaxslarga shaxsiy identifikasiya raqamini biriktirish yuzasidan hujjatlarni qabul qilish va elektron talabnoma shakllantirish;

3. O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish ruxsat yozuvi stikerini rasmiylashtirish;

4. Chel el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga O`zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini rasmiylashtirish;

5. Chet el fuqarolarini O`zbekiston Respublikasiga taklif qilish yuzasidan hujjatlarni rasmiylashtirish;

6. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida turgan joyi bo`yicha hisobga olish to`g`risida qayd varag`ini rasmiylashtirish.

    Boshqa yangiliklar