AsosiyJamiyat

«O`zstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi

'«O`zstandart» sifatsiz mahsulotlar haqida OAV orqali xabar beradi'ning rasmi

Savdo-sanoat palatasida (SSP) Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida sotilayotgan mahsulotlarni sinovdan o`tkazish va Sifatsiz mahsulotlar to`g`risida yagona axborot ma`lumotlar bazasini shakllantirish tartibi to`g`risidagi nizom loyihasining muhokamasi o`tkazilmoqda, deb xabar tarqatdi Norma.uz.

Eslatib o`tamiz, hujjat QHTBT portalida 2017 yilning mart oyidayoq muhokama qilingan edi.

Ta`kidlanishicha, Nizom keyinchalik laboratoriya tadqiqotlarini o`tkazish uchun «O`zstandart» agentligi tomonidan bozorlar, savdo tarmoqlari va do`konlarda nazorat xaridi amalga oshirilishini nazarda tutadi.

Bunda jarayonni va mahsulotning laboratoriya tadqiqotlari natijalarini keyinchalik OAVda e`lon qilish uchun mahsulotlarni xarid qilish jarayoni teleradiouzatish kanallari vakillari ishtirokida amalga oshiriladi. Tadqiqotlar natijasi salbiy bo`lgan taqdirda sifatsiz mahsulotlar to`g`risidagi axborot OAVda yoritish uchun Sifatsiz mahsulotlar yagona axborot ma`lumotlar bazasiga kiritiladi.


    Boshqa yangiliklar