AsosiyJamiyat

O`zA: «O`rikzor» bozori sotuvga qo`yilmagan

'O`zA: «O`rikzor» bozori sotuvga qo`yilmagan'ning rasmi

2 fevral kuni internetda Toshkent shahridagi «O`rikzor» bozori sotuvga qo`yilgani haqidagi xabarlar tarqaldi. O`zA muxbiri masalaga oydinlik kiritish maqsadida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko`maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasining Toshkent shahar hududiy boshqarmasiga murojaat qildi.

Boshqarma bosh mutaxassisi Bahodir Yusufjonovning aniqlik kiritishicha, Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 36 ta davlat aktivi savdoga qo`yilgan. Ular orasida «O`rikzor savdo kompleksi» mas`uliyati cheklangan jamiyati balansidagi ikkita mulk kompleksi ham bor.

Ikki kompleks ham Uchtepa tumanida joylashgan bo`lib, biri savdo, ikkinchisi xizmat ko`rsatish bo`yicha mulk kompleksi hisoblanadi. Ular Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 iyundagi 507-farmoyishiga binoan savdoga qo`yilgan.

«Boshqarma bosh mutaxassisining ma`lumotlari shundan dalolat beradiki, savdoga qo`yilgan davlat aktivlari haqidagi e`lonning ayrim OAV tomonidan noto`g`ri talqin etilishi hamda yuzaki yondashilishi natijasida ‘O`rikzor’ bozorining sotilishi haqidagi xabarlar tarqab ketgan», — deyiladi xabarnomada.

    Boshqa yangiliklar