AsosiyJamiyat

3 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti

'3 fevral kuni kutilayotgan ob-havo ma`lumoti'ning rasmi

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 3 fevral kuni Toshkentda havo o`zgarib turadi, kechqurun qor yog`adi, kunning birinchi yarmida qor yog`ib o`tishi mumkin. G`arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 12-17 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2-4 daraja sovuq, kunduzi 1-3 daraja iliq bo`ladi.

Qoraqalpog`iston Respublikasida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

Xorazm viloyatida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq bo`ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, cho`l hududlari bo`ylab kechasi 5-10, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo`ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun qor yog`adi, kunning birinchi yarmida qor yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik bo`lmaydi. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo`ladi.

Andijon, Namangan va Farg`ona viloyatlarida havo o`zgarib turadi, kechqurun qor yog`adi, kunning birinchi yarmida qor yog`ishi mumkin. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, ayrim joylarda 2 darajagacha sovuq bo`ladi.

Respublikamizning tog`li hududlarida havo o`zgarib turadi, ayrim joylarda qor yog`adi. G`arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba`zi joylarda sekundiga 17-22 metrgacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi va kunduzi 2-7 daraja sovuq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar