Eronda engil atletika bo`yicha yopiq inshootlardagi Osiyo chempionati davom etmoqda, deb xabar bermoqda "Olamsport" nashri.
Kecha hamyurtimiz Nadiya Dusanova balandlikka sakrash bahslarida barcha raqiblarini ortda qoldirib, musobaqaning oltin medalini qo`lga kiritgandi.
Bugun ham sportchilarimiz sovrinli o`rinlar bilan bizni xursand qilmoqdalar. Yadro uloqtirish bahslarida Elena Smolyanova 15,54 natijani qayd etib, Osiyo chempioniga aylandi.
Bu medal O`zbekiston terma jamoasining ushbu Osiyo chempionatidagi ikkinchi "oltin"i bo`ldi.
Kechki payt shuningdek yadro uloqtirish bahslarida hamyurtlarimiz Sergey Dementev va Grigoriy Kamulyalar o`z imkoniyatlarini sinovdan o`tkazadilar.






