AsosiyDunyo

Terrorchilik harakatlari uchun Farg`ona vodiysida odamlarni yollash bilan shug`ullangan jinoyatchi Qirg`izistonda qo`lga olindi

'Terrorchilik harakatlari uchun Farg`ona vodiysida odamlarni yollash bilan shug`ullangan jinoyatchi Qirg`izistonda qo`lga olindi'ning rasmi

Qirg`iziston milliy xavfsizlik qo`mitasi ekstremizmda ayblanib, qidiruvda bo`lgan MDH davlatlaridan birining fuqarosi bo`lgan jinoyatchini qo`lga oldi, deb xabar berdi «Interfaks» nashri.

Qirg`iziston hududida ayirmachilik faoliyatini amalga oshiruvchi er osti terrorchilik kameralari faoliyatini bartaraf etish maqsadida olib borilgan terrorizmga qarshi kurash chora-tadbirlari chog`ida 1971 yilda tug`ilgan, sodir etgan jinoyatlar uchun xalqaro qidiruvda bo`lgan MDH mamlakatlaridan birining fuqarosi qo`lga olingan.

«Qo`lga olingan shaxs o`z faoliyatini amalga oshirish uchun qalbaki hujjatlardan foydalangan, jumladan, Qirg`iziston fuqarosining pasportidan ham, shuningdek, u xalqaro terrorchilik tashkiloti rahbarlarining buyrug`iga asosan Farg`ona vodiysida odamlarni yo`llash bo`yicha plasdarm yaratgan», — deyiladi xabarda.

Ayni vaqtda jinoyatchi vakolatli organlarning vakillariga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar