AsosiyJamiyat

Sudya og`ir jinoyatlarni yakka tartibda ko`radi

'Sudya og`ir jinoyatlarni yakka tartibda ko`radi'ning rasmi

29.01.2018 yildagi O`RQ–463-son Qonun bilan Jinoyat-prosessual kodeksga (JPK) shunday o`zgartishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.uz.

Eslatib o`tamiz, JPKning 13-moddasi jinoyat ishlarini hay`atda va yakka tartibda ko`rib chiqish prinsipini belgilaydi. Hozir ular, jinoyatning og`irligiga qarab, birinchi instansiya sudi tomonidan quyidagicha ko`riladi:

• bitta professional sudya (raislik qiluvchi) va ikkita xalq maslahatchisi tarkibidagi hay`atda – og`ir va o`ta og`ir jinoyatlar to`g`risidagi ishlar;
• sudya tomonidan yakka tartibda – ijtimoiy xavfi katta bo`lmagan yoki uncha og`ir bo`lmagan jinoyatlar to`g`risidagi ishlar.

1.04.2018 yildan keyin og`ir jinoyatlar birinchi instansiya bo`yicha bitta professional sudya tomonidan, ya`ni yakka tartibda ko`riladi. Xalq maslahatchilari faqat o`ta og`ir jinoyatlar to`g`risidagi ishlarni ko`rib chiqishga jalb etiladi.

Ma`lumot uchun. Birinchi instansiya sudi – har doim ham jinoyat ishlari bo`yicha tuman (shahar) sudi bo`lavermaydi. JPKning 389-moddasiga muvofiq bir qator jinoyatlar tarkiblari bo`yicha Qoraqalpog`iston jinoyat ishlari sudi, jinoyat ishlari bo`yicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, hatto Oliy sud ana shunday sud bo`lishi mumkin.

Bunda Oliy sud birinchi instansiya bo`yicha jinoyat ishlarini doim 3 nafar sudya tarkibida ko`rib chiqadi.

Hujjat 1.04.2018 yildan kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar