Ozarbayjonning “Yangi Ozarbayjon” hukmron partiyasi joriy yilning oktyabr oyida mamlakatda bo`lib o`tadigan prezidentlik saylovlarida amaldagi davlat rahbari Ilhom Aliev nomzodini ilgari suradi, deb xabar qildi RIA Novosti nashri.
“Saylovlarda partiyamizdan nomzod sifatida Prezident Ilhom Aliev ko`rsatiladi. Ishonamanki, mamlakatimiz yoshlari ham uning g`alabasi uchun ovoz berishadi”, – degan Ali Ahmedov jurnalistlarga bergan intervyusida.
Eslatib o`tamiz, 2016 yilning sentyabr oyida Konstitusiyasiga kiritilgan o`zgartishga asosan Ozarbayjonda prezidentlik muddati etti yil etib belgilangan.
Saylovlar shu yil oktyabr oyining 17 sanasida o`tishi rejalashtirilgan.






