AsosiyJamiyat

O`zbekiston fuqarosi o`zining «Kobalt»i bilan Toshkentdan Rimga bordi

'O`zbekiston fuqarosi o`zining «Kobalt»i bilan Toshkentdan Rimga bordi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarosi Konstantin Bushaev rafiqasi Liliya Bushaeva bilan o`zining «Kobalt» rusumli avtomoshinasida deyarli butun Evropani aylanib chiqib, Italiya poytaxti Rim shahrigacha bordi, deb yozadi "Xalq so`zi" gazetasi.

Bu haqda ular “Facebook”dagi Avtoturist.uz guruhiga xabar qoldirishgan.

Konstantin o`z sayohatini mamlakatimizning shimoliy hududlaridan boshlab, avvalo, Buxoro va Nukusda bo`lgan. Shundan so`ng ular sayohatni Qozog`iston orqali davom ettirib, Rossiya Federasiyasining Astraxan shahrigacha borishgan.

Shundan so`ng u o`zining «Kobalt»i bilan Rossiya orqali dastlab Belarus, keyin Polshaga o`tadi.

Germaniya, va Avsriyani aylanib chiqqan Bushaevlar oilasi Italiyaga sayohatni Venesiya shahridan boshlashgan. Keyin Konstantin va Liliya San-Marina tomon harakatlanib, Rimga etib borishgan.

U o`zi etib borgan har bir shahar va davlatda ma`lum mudddat bo`lib, diqqatga sazovor joylar bilan tanishgan, sayohat qilgan manzillarini tasvirga olib “Feysbuk”dagi ijtimoiy tarmog`iga joylab borgan.

Boshqa yangiliklar